Parimatch bukmeykerlik kontorasi rasmiy sayti

O‘zbekistonlik o‘yinchilar bukmeykerlik kontorasi bilan Parimatch rasmiy saytida o‘zaro aloqada bo‘lishadi. 2020 yilda kompaniya o‘z saytining dizaynini qayta ishlab chiqdi. Bukmeykerlik kontorasi saytning yangi versiyasini taqdim etdi, ammo parallel ravishda eskisidan foydalanishga ham imkon berdi. Ushbu maqolada biz Parimatch sayti qanday ekanligini ko‘rib chiqamiz, uning dizayni, tuzilishi va kontenti haqida ma’lumot beramiz.

Parimatch sayti dizayni

Portal dizaynida bukmeykerlar uchun an‘anaviy bo‘lgan qora va sariq ranglar ustunlik qiladi. Ular kulrang va oq tuslar bilan uyg‘un birlashtirilgan. Aksariyat hollarda saytda “Roboto” oilasining shriftlaridan foydalaniladi.

Asosiy sahifasining yuqori qismida “Yangi versiya” tugmasi mavjud. Bu sizga yangilangan Parimatch saytini ochish imkonini beradi. Funksional jihatdan u eski versiyadan farq qilmaydi, ammo tashqi jihatdan o‘zgarishlarga ega.

Sayt qayta dizayn qilingandan keyin zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi. Elementlar kattalashdi, liniyada buyruq belgislar paydo bo‘ldi. Ba’zida logotiplar yetishmayapti, ammo aksariyat hollarda ular mavjud.

Hozirgi vaqtda standart ravishda bukmeyker saytining eski versiyasi ochilmoqda. Balki bu Parimatch.com sayti yangi manbani yakunlash ustida ish olib borayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kelajakda kompaniyaa eski dizayndan butunlay voz kechishi ehtimoldan holi emas.

Saytning tuzilishi

O‘zbekistondagi Parimatch sayti keng funksionalga ega. Asosiy bo‘limlar yuqori menyuga o‘tkazilgan. U quyidagi elementlardan iborat:

  • Sport. Bu prematch liniya. Bu yerda hali boshlanmagan uchrashuvlar joylashadi;
  • Live. Layv-stavkalar. Bu yerda real vaqtda bo‘layotgan uchrashuvlar joylashadi;
  • Kazino. Uning ichida yetakchi dastur ta’minotchilarining slotlari va o‘yin avtomatlari joylashgan;
  • Live Casino. Avvalgi bo‘limdan farqli tarzda, bu yerda jonli diler olib boruvchi kazino joylashgan. Unda klassik o‘yinlar – ruletka, blekjek, bakkara kabilar mavjudligi bilan tavsiflanadi;
  • Virtual sport. Ushbu bo‘lim virtual sport turlariga bag‘ishlangan. Uning “Sport” bo‘limidan farqi shundaki, uchrashuvlar xayoliy bo‘lib, ularning natijasi kompyuter tomonidan simulyatsiya qilinadi. Ammo, bunda haqiqiy jamoalarning nomlaridan foydalanilishi mumkin;
  • BetGames. Boshqa bukmeykerlik kontoralarida ushbu bo‘lim “TV o‘yinlar” deb nomlanadi. Ular ham layv rejimda haqiqiy dilerlar tomonidan o‘tkaziladi. Ushbu toifaga 6+ poker, bakkara, stavkalar jangi, g‘ildirak, 42 dan 7, 60 dan 6 va boshqa o‘yinlar kiradi;
  • Mobile. Mobil ilovalarni yuklab olish uchun yorliq. Parimatch.com saytidan tashqari siz Android va iOS ilovalari orqali stavkalarni amalga oshirishingiz mumkin;
  • Sport poker. Tugmani bosgangiz, PokerMatch saytiga o‘tasiz. Bu kompaniyaning poker bo‘limi hisoblanadi. Ushbu poker-rum dunyodagi eng katta o‘ntalikdan biridir;
  • Kibersport. Ushbu liniyaning qismi butunlay sport musobaqalariga bag‘ishlangan.

O‘rtada, menyu ostida “Joriy uchrashuvlar” bloki joylashgan. U slayder sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda yaqinlashib kelayotgan TOP-o‘yinlar, aksiyalar va kompaniyaning yangiliklari namoyish etiladi.

Chap va o‘ng tomondagi panellarda bukmeyker saytining boshqa bo‘limlari joylashgan. Ulardan ba’zilari asosiy menyuda takrorlangan.

Har bir sahifaning pastki chap qismida “Savollaringiz bormi?” tugmasi mavjud. U mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chatni boshlash uchun mo‘ljallangan.

Bundan pastroqda live garovlar va yaqinlashib kelayotgan TOP-uchrashuvlar joylashgan. Chap panelda liniyalar joylashgan. Unda sport turlari ommaviyligining kamayib borishi tartibida joylashtirilgan. Keyin esa yo‘nalishlar alifbo tartibida saralangan.

Shuningdek, liniya ostidagi yon panelda “Menyu” bo‘limi joylashgan bo‘lib, u yerda sport uchrashuvlari (layv uchrashuvlarni ham) natijalari, statistik ma’lumotlar va qoidalar bilan tanishishingiz mumkin.

Taglavhada to‘rtta toifa mavjud: “Yordam”, “Sport stavkalari”, “Xizmatlar” va “Parimatch”. Shuningdek, saytning eng pastida to‘lov tizimlari belgilari, elchilar ro‘yxatini, litsenziyalar va bukmeyker kompaniyasi hamkorlik qiladigan tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni topishingiz mumkin.

Parimatch saytining funksionali

Ko‘rinib turibdiki, kompaniyaning resursi asosiy funksiyani qo‘llab-quvvatlaydi – u foydalanuvchilardan stavkalarni qabul qiladi. Biroq, sayt boshqa muhim funksiyalarga, jumladan quyidagilarga ega:

  1. Bir bosish bilan stavka qo‘yish (1-Click). Kuponni to‘ldirmasdan stavkalarni joylashtirishga imkon beradi. Kerakli stavka miqdorini ro‘yxatdan o‘tkazish o‘zi yetarli. Shundan keyin o‘yinchi koeffitsiyentni bosishi bilan darhol ushbu pul qiymatiga stavka amalga oshiriladi.
  2. Jonli translyatsiyalar. Parimatch.com saytida O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar o‘yinchilari video translyatsiyalarni tomosha qilishlari mumkin. Buning uchun siz ro‘yxatdan o‘tishingiz va ijobiy balansga ega bo‘lishingiz kerak. Videolar mashhur bo‘lmagan uchrashuvlar uchun ham taqdim etiladi. Agar o‘yin uchun translyatsiya mavjud bo‘lsa, layv uchrashuvda uchrashuv yonida “Play” belgisi paydo bo‘ladi.
  3. CashOut. Keshout yoki stavkalarni sotish o‘yinchiga muddatidan oldin to‘lovlarni berishni nazarda tutadi. Foydalanuvchi yutuqlarni uchrashuv yakunlashidan oldin olishi mumkin. To‘lov dastlabki koefftisiyentdan pastroq miqdorda amalga oshiriladi. Ammo, ushbu funksiya uni xavfsiz o‘ynash va tezda hisobga mablag‘larni o‘tkazish imkonini beradi.
Scroll to Top