Приветственный бонус Париматч 1000000 сум

Parimatch stavkalar. Liniyalar va koeffitsiyentlarni ko‘rib chiqish

Bonuslar, litsenziyalar, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati va mobil ilovalarning barchasi bukmeykerlar uchun juda muhim hisoblanadi. Ammo, pul tikish saytini tanlashda liniya asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada biz Parimatch stavkalari qanday ekanligini ko‘rib chiqamiz. Biz bukmeykerlik kontorasida qancha sport turlari taqdim etilishini, shuningdek, uning koeffitsiyentlari qanchalik foydali ekanligini bilib olamiz.

Stavkani amalga oshirish

Parimatch bukmeykerlik kontorasi liniyasi

Parimatch liniyasi 25 ga yaqin sport turlarini o‘z ichiga oladi. Sport turlari soni yil mavsumlariga qarab o‘zgaradi. Masalan, yanvar-fevral oylarida qishki sport turlari qo‘shiladi, yozda esa, odatda, sport turlari soni kamayadi.

Asosiy e’tibor mashhur yo‘nalishlar – futbol, tennis, xokkey, basketbol, kibersport turlari, voleybol va UFC yo‘nalishlariga qaratilgan. O‘xirgi sport turi haqida bir o‘g‘iz gapirib o‘tsak: Parimatch Ultimate Fighting Championship o‘yinlari homiysi hisoblanadi. Shu munosabat bilan bukmeyker kompaniyasi UFCning barcha uchrashuvlariga stavkalar taklif qiladi va raqamlangan uchrashuvlar yaxshilangan ro‘yxati bilan ajralib turadi.

Parimatch liniyasida mashhur bo‘lmagan sport turlari ham taqdim etiladi. Ammo quyidagi bo‘limlar asosiy e’tibor qaratishga loyiq:

  • Lotereya. Ko‘pgina dunyo mamlakatlaridagi lotereyalar natijalariga garov tikish;
  • Siyosat. Bukmeykerlik kompaniyasi siyosiy voqealar natijalariga, shu jumladan maxsus stavka turlariga stavkalarni qabul qiladi;
  • Ko‘ngilochar tadbirlar. Mashhur shaxslar, kinematografiya, tanlovlar va “Yevrovidenie” yoki “Oskar” mukofotlariga stavka qo‘yish;
  • Boshqalar. Ushbu bo‘lim Parimatch liniyasidagi qolgan toifalarga to‘g‘ri kelmaydigan barcha stavkalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, “Boshqalar” bo‘limida siz kosmik tadqiqotlar va boshqa hodisalarga stavkalarni amalga oshirishingiz mumkin.

Liniyalarning ishlab chiqilishi o‘rtacha. Futbol nuqtayi nazaridan qarasak, TOP 5 mamlakat chempionatlari batafsil berilgan. Ispaniyada La Ligadan tashqari Segunda, Segunda B, Terseru, ayollar divizioni, U-19 chempionatiga stavkalarni topishingiz mumkin. Shuningdek, liniyada asosiy divizionning statistikasi alohida bo‘limda keltirilgan.

sport tadbirlari parimatch liniyasi

Agar biz Rossiya yoki Ukraina kabi mamlakatlar haqida gapiradigan bo‘lsak, unda ularni taqdim etish faqat yuqori diviziyalar – RPL va UPL bilan cheklangan. O‘zbekiston va boshqa Osiyo mamlakatlari chempionatlari liniyasida kamdan-kam uchraydi.

Boshqa sport turlarida ham shunga o‘xshash holat kuzatiladi. Top mamlakatlar yaxshi ishlab chiqilgan, ammo unchalik mashhur bo‘lmagan mamlakatlarda faqat asosiy turnirlar kiritilgan.

Sport uchrashuvlari ro‘yxati

Parimatch sayti yaxshi, biroq biroz murakkab ro‘yxati bilan ajralib turadi. Ro‘yxat interfeysida foydalanuvchilar marketlarni saralash uchun to‘rtta – “Barchasi”, “Asosiy”, “Fora” va “Total” yorliqlarini ko‘radilar.

Sport o'yinlari ro'yxati Parimatch

“Barchasi” o‘yin uchun mavjud bo‘lgan barcha natijalarni namoyish etadi. “Asosiy” – faqat 1X2, “Juft imkoniyat”, “Jamoa gol uradi” va boshqa eng mashhur stavkalarni ko‘rsatadi. “Fora” va “Total” toifalarining tarkibi ularning nomlaridan ma’lum.

Ko‘plab o‘yinchilar statistikaga qiziqadilar. Deyarli barcha yetakchi bukmeykerlik kontoralari statistik ma’lumotlarga garovlar taklif qilishadi. Hech bo‘lmaganda asosiy turnirlar uchun. Parimatch bukmeykerida statistika bo‘yicha garovlar mavjud, ammo ular alohida liniya elementi sifatida namoyish etiladi.

Masalan, agar siz APLda o‘yinida yon tomondan to‘p kiritishlar (autlardan) soniga pul tikishni istasangiz, bu marketni “Premier-liga” bo‘limidagi uchrashuvlardan qidirmasligingiz kerak. Siz “Futbol” bo‘limiga o‘tishingiz, “Angliya” davlatini tanlashingiz, so‘ngra “Premier-liga. Statistika” bo‘limiga bosishingiz kerak . Bu yerda, asosiylardan alohida tarzda statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha stavkalar ko‘rsatiladi. Bu noqulay bo‘lishi mumkin, ammo ular ro‘yxatda keltirilgan.

Veb-saytga o‘ting

Parimatch koeffitsiyentlar

Parimatch bukmeykerlik kompaniyasi jahon bukmeykerlari standartlari bo‘yicha o‘rtacha koeffitsiyentlarni taklif qiladi. Sport turlarining marjalar bo‘yicha bo‘linishi quyidagicha:

  • Futbol – Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya va Rossiya chempionatlarida o‘yinlar uchun marja 4% gacha. Boshqa musobaqalarda marja besh foiz atrofida;
  • Xokkey – KHL va Yevropa turnirlari uchun 5,5% gacha. NHL uchun bu ko‘rsatkich 7% gacha ko‘tariladi;
  • Basketbol – NBA, VTB Birlashgan Ligasi va yevro turnirlar uchun 7% dan 12% gacha;
  • Tennis – ATP/WTA musobaqalari uchun 5% -6%, Challenger va ITF uchun 7% gacha.

Parimatch qanday qilib stavkani amalga oshirish mumkin?

Jarayon sodda va intuitiv tushunarli. Boshlanishiga siz bukmeykerlik kontorasida ro‘yxatdan o‘tishingiz, hisobingizni to‘ldirishingiz va pul tikmoqchi bo‘lgan natija yoki natijalarni tanlashingiz kerak. Parimatch bukmeykerlik kontorasida uch turdagi stavkalar mavjud:

  1. Yakka stavka. Bitta uchrashuv natijasiga pul tikish. Masalan, o‘yinchi Ueska”ga qarshi o‘yinda “Sevilya” g‘alabasiga pul tikadi.
  2. Ekspress. Bir-biridan mustaqil ikki yoki undan ortiq uchrashuvlar natijalari uchun stavka. Masalan, “Ueska” – “Sevilya” uchrashuvi P2 natijasiga, shuningdek “Arsenal” – “Vulverhempton” o‘yinida “TB2” natijasiga stavka qo‘yiladi. Barcha tanlangan natijalarning koeffitsiyentlari ko‘paytiriladi, shuning uchun oxirgi kotirovkalar qoidaga ko‘ra katta bo‘ladi. Ammo hech bo‘lmaganda bitta stavka bajarilmasa, butun ekspress yutqazilgan hisoblanadi.
  3. Tizim. Ushbu stavka ekspress kabi bir nechta uchrashuvlardan iborat. Biroq, bu yerda natijalar soniga qarab bir yoki bir nechta xato qilish imkoniyati mavjud.

Parimatch-da pul tikish misoli

Parimatchda stavkani amalga oshirish uchun liniyaga o‘ting va pul tikishni xohlagan natijalarni tanlang. Koeffitsiyentni ustiga bosish yetarli – u darhol kuponga qo‘shiladi. Yuqorida bu stavkaga misol berilgan.

Stavkani o‘rnatish uchun kuponni to‘ldirishingiz va tugmani bosish orqali amalni tasdiqlashingiz kerak. Kupon quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  1. Stavkalar turini almashtirgich. Eng yuqorida joylashgan. o‘yinchi taklif qilingan uchta garov turini tanlashi kerak.
  2. Uchrashuvlar ro‘yxati. U foydalanuvchi tanlagan uchrashuv va natijalarning batafsil tavsifini o‘z ichiga oladi.
  3. Umumiy koeffitsiyent Garov qiymati ko‘payadigan qiymatni ko‘rsatadi.
  4. Stavka miqdori. Ushbu maydonda o‘yinchi tikishni xohlagan miqdorni ko‘rsatishi kerak. Quyida qiymatlarni tez tanlash tugmalari, shuningdek “MAX” tugmasi joylashgan. Uni bosish orqali o‘yinchi balansidagi barcha mablag’ni tikadi. Bunday qilish tavsiya qilinmaydi.
  5. “Stavkani amalga oshirish” tugmasi. Uni bosganingizdan so‘ng, garov qayta ishlanadi va joylashtiriladi. Belgilangan mablag‘ balansdan yechib olinadi, stavkani bekor qilib bo‘lmaydi.

Savollarga javoblar

Parimatchda live stavka nimani anglatadi?
Men g‘alaba/total/foraga stavkani amalga oshirdim. Bu faqat o‘yinning asosiy vaqti uchun amal qiladimi yoki qo‘shimcha vaqt ham hisobga olinadimi?
Agar uchrashuv boshqa kunga qoldirilsa, nima bo‘ladi?

Stavka qo‘yish

 

Rating
Share to friends
Parimatch Uzbekistan - Париматч Узбекистан
Parimatchda live stavka nimani anglatadi?
Bu real vaqt rejimida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvga stavka qo‘tishni anglatadi.
Men g‘alaba/total/foraga stavkani amalga oshirdim. Bu faqat o‘yinning asosiy vaqti uchun amal qiladimi yoki qo‘shimcha vaqt ham hisobga olinadimi?
Agar tavsifda boshqacha belgilanmagan bo‘lsa, standart ravishda bukmeyker garovlarni faqat o‘yinning asosiy vaqti uchun qabul qiladi. Ammo ikkita istisno holat mavjud - amerika futboli va basketbolda. Ushbu ikki yo‘nalishda qo‘shimcha vaqt ham qamrab olinadi.
Agar uchrashuv boshqa kunga qoldirilsa, nima bo‘ladi?
Bunday hollarda ikkita yo‘l mavjud. Agar uchrashuv qoldirilgandan keyin 36 soat ichida o‘tkazilsa, stavka tanlangan natijaning koeffitsiyentidan foydalangan holda hisoblanadi. Agar o‘tkazilmasa, unda tikilgan mablag‘ hisobga qaytariladi (1-koeffitsiyent bo‘yicha qaytariladi).